

Bosh murabbiy Andrey Shipilov tarkibni kuchaytirish maqsadida yaqinda Doniyor Usmonovni o'z jamoasiga taklif etgan. Iqtidorli futbolchi so'nggi yillarda Navoiyning "Qizilqum" jamoasida faoliyat yuritayotgandi. Kuni-kecha Usmonov bekobodliklar taklifini qabul qilib, jamoa bilan shartnoma imzolagan.




