So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

"Metallurg" kuzdagi uy o'yinlarini o'z stadionida o'tkazmaydi Yangiliklar

"Metallurg" kuzdagi uy o'yinlarini o'z stadionida o'tkazmaydi

Bekobodning "Metallurg" futbol klubi stadionida drenaj va sug'orish tizimini zamonaviy ko'rinishga keltirish, maydon maysasini to'liq yangilash ishlari shu yilning sentyabr oyida boshlanadi.

Klub kuzning uch oyidagi uy o'yinlarini boshqa stadionda o'tkazadi. Liga bu borada "O'zmetkombinat" AJ kafolatini qabul qilib oldi. 

2024 yilgi mavsumdan boshlab Bekoboddagi futbol stadioni maysasi talab darajasida bo'ladi. Stadion projektorlari lyuksini ko'tarish ishlari esa shu yilning 20 fevral sanasiga qadar yakunlanadi. 2022 yilgi mavsum yakuniga ko'ra yoritkichlar 1000 lyuksni tashkil qilayotgandi. Xarid qilingan texnika bilan 20 kun ichida stadion projektorlari lyuksi 2000 lyuksga olib chiqilishi rejalashtirilgan. 

(Surat 7 noyabr kungi "Metallurg" — "Navbahor" (0:1) uchrashuvida olingan)


Liga stadionlar masalasida reja asosida ish olib bormoqda. 2023 yilgi mavsum starti 4 ta stadion: "Jar", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Istiqlol" U-20 Osiyo chempionatiga jalb qilingani, 3 ta stadion: "So'g'diyona", OKMK, "Bobur Arena" maysasini yangilayotganidan kelib chiqib, qator mushkulliklar keltirib chiqaradi. SHunga qaramay, Superligani 3 mart sanasidan boshlash rejasi o'zgarmagan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика