So’nggi yangiliklar

09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  7 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  14 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  12 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  32 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2

Messi tatuirovkalardan qo'rqardi, hozir tanasida ulardan 14 ta! Yangiliklar

Messi tatuirovkalardan qo'rqardi, hozir tanasida ulardan 14 ta!

Messining tanasidagi tatuirovkalarga ko'zimiz tushgan. Lekin barchasi qachon va nimadan boshlangan edi?

Leo 2006 yildan "Barsa"ning asosiy tarkibida maydonga tusha boshladi. O'sha paytlar u juda ozg'in, uzun sochli va yuziga husnbuzar chiqqan oddiy yigitcha edi. Keyingi yillarda esa "o'smir yigit" qiyofasidan chiqishga harakat qildi va unda chinakam erkaklik sifatlari paydo bo'la boshladi: baquvvat muskullar, qalin soqol va o'tkir nigoh. SHuningdek, u tatuirovka bilan ham qiziqib qoldi.

"Leo tatuirovkamni ko'rsatishimni va og'riq qanchalik kuchli bo'lishi haqida ko'p bor so'rardi. Oxiri shunday dedim: "Bir to'xtamga kel! O'zing qaror qabul qil!", — takidladi Dani Alves "France Football"ga bergan intervyusida. Nihoyat, Messi 2010 yil bu ishni amalga oshirdi va bundan hali ham to'xtgani yo'q. Hozirda uning tanasida 14ta (!) tatuirovka bor.

Uning barcha tatuirovkalarini bir inson chizadi

Mana 8 yildirki, Leo tanasini argentinalik tatu chizadigan mutaxassis Roberto Lopesga ishonib topshiradi. O'yinchi tanasidagi har bir surat muallifi aynan Roberto hisoblanadi. Lopesning so'zlariga qaraganda, o'yinchining o'zi eskizlar chizib kelar va asosan Lionelning o'zi ularni o'ylab topar ekan. Messi va Lopes nafaqat master-mijoz, balki yaqin do'stlardir. Leo masterini 2017 yil iyunda bo'lib o'tgan nikoh oqshomiga taklif qilgan. Robertoning salonida esa quyidagi so'zlar yozilgan plakat bor: "Agar tatu qildirayotganingizda og'rimasligini istasangiz, Messi haqida yomon gap ayta ko'rmang!".

2014 yil do'stlik belgisi sifatida Roberto o'yinchidan unga tatu chizishini iltimos qildi. Messi bunga qarshilik bildirmadi. Leo masterning qo'liga "10 raqami"ni chizib qo'ydi. Oddiygina raqamdan ham uning muallifi o'z ishining ustasi bajarmagani sezilib turardi. To'g'rida, Messi tatu chizishni emas, maydonda to'p tepishni qoyillatadi. 

Messi muntazam tatulari aks etgan "qaynoq rasmlar"ni instagramdagi sahifasiga joylab boradi. SHuningdek, har bir suratga Lopesni ham belgilab qo'yishni unutmaydi — shu sabab tatuirovka chizadigan mutaxassis oz vaqt ichida juda mashhur bo'lib ketdi. Hozirda u Argentinaning eng mashhur masterlaridan biri hisoblanadi. So'nggi vaqtlarda Enco Peres, Xuan Iturbe, Anxel Di Mariya va boshqa Janubiy amerikalik o'yinchilar ham tanasini unga ishonib topshirishmoqda.

Messining kuragida, uning birinchi tatuirovkasi, onasining aksini ko'rish mumkin

Messining har bir chizilgan tatusida mano bor. Leo, odatda ular haqida hech narsa aytmaydi. Lopes esa o'zining mijozi tanasidagi tatularning manosini tushuntirib beradi. Messi tatu chizadigan ignali mashinkadan juda qo'rqqan. SHuning uchun, avval bo'lajak xotini Antonellani Lopesning oldiga yuborgan va daxshatli darajada kuchli og'riq bo'lmasligiga amin bo'lgan o'yinchi keyin o'zi borgan. U birinchi tatusini 2010 yilda chizdirdi va uni hayotidagi eng muhim inson — onasi Seliyaga bag'ishladi. Messi chap kuragida onasining portreti tasvirlangan.

Hammaga malum, 13 yoshli Lionel "Barselona"ga o'sish gormonini qabul qilish uchun, Argentinadan Ispaniyaga ko'chib borgan. Otasi u bilan bo'lgan, qolganlar esa Rosarioda qolgan. O'sha paytlar Messi onasini juda sog'inardi. Hozirda Seliya Argentinada yashaydi. U "Barsa"ning har bir o'yinini tomosha qilib, o'g'li uchun juda qayg'uradi. "Hech kim onam bilan o'yin tomosha qilishni xohlamaydi, — deydi Mariya Messi, Leoning singlisi. — U televizor qarshisida o'tirib, tinmay asabiylashadi va baqiradi".

Har safar Seliya Barselonaga kelganida, bozorga borib neapolcha shnicel tayyorlash uchun kerakli mahsulotlarni sotib oladi. Bu Leoning sevimli taomi. "Neapolcha shnicel eganidan so'ng, u juda ko'p gol uradi", — deydi "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purarning onasi.

CHap boldir: Tyago, chaqaloq qo'li, farishta qanoti

Leo ikkinchi tatusini ham sevimli insoniga bag'ishladi. 2012 yil noyabrda uning o'g'li Tyago dunyoga keldi. Yanvarda Messi va Lopes chaqaloq sharafiga tatu eskizi ustida ishlay boshladilar. CHap oyog'iga (Leo shu oyoq bilan ko'proq gol uradi) Tyago ismi va chaqaloqning qo'llari aks etgan tatu chizildi. Noyabrda esa unga farishta qanoti hamda yurak tasviri tushurildi. Tatu faqat kaftdan iborat bo'lgan paytda, Ispaniya hamda Argentina OAVi Messi bu suratni Maradonaga bag'ishlagan deb tahmin qilgandi.

Bevosita futbolga aloqador yagona tatuirovka: to'p va "o'ninchi raqam"

2014 yil so'ngida Messi chap oyog'iga yangi tatuirovkalar qo'shtirdi. U erda futbol bilan bog'liq narsalar ham mujassamlashtirildi: to'p, qilich va "o'ninchi raqam". Hozir qilichning rasmi yo'q. 

2016 yil noyabr oyida Messi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish uchun terma jamoa ixtiyoriga etib keladi va birinchi mashg'ulotdayoq, tinib-tinchimas jurnalistlar Leoning oyog'idagi rasm o'zgarganiga ahamiyat berdilar: terisining katta qismlari qora rangga bo'yalgan edi. Bu "blackwork" usulidagi tatuirovka edi.

Messi bu qarorini tushuntirib berishni istamadi, lekin ispaniyalik jurnalistlar bu ishni shunday tahmin qildilar: Tyago qilichni ko'rib katta bo'lishi, uni "zo'rlash", "majburlash" sifatida tununishini istamagan.

O'ng qo'li: Iisus, Sagrada-Familiya, pushti nilufar guli, soat

Messining o'ng qo'lida, tirsagidan yuqori qism, Iisusning surati bor. SHuningdek, u erda Sagrada-Familiya katolik cherkovining rasmi tasvirlangan. Bu cherkov Barselonaning yuragi hisoblanadi. Arxitektor Gaudining bu proekti juda mashhur — har yili u erga milliondan ortiq odam tashrif buyuradi. Sagrada-Familiya 1882 yildan beri tamirlanmagan. Bunga sabab shahar siyosati: ular ehsondan tushgan pullar evaziga binoni tamirlash niyatida ekanlar.

Lopesning so'zlariga qaraganda, Leo bu tatu orqali Barselonaga bo'lgan muhabbatini ifodalagan: "Messi bu erda o'z joyini topdi. U dunyoning istalgan nuqtasida yashash imkoniyatiga ega, ammo hamon shu erda qolmoqda". Ha aytgancha, bu tatuirovka eng murakkablaridan biri sanaladi — Lopes bu ish ustida deyarli yarim yil ishlagan. SHuningdek, uning o'ng qo'lida ochilib turgan pushti nilufar guli ham bor.

"Bu Messining iqtidorini anglatadi. Gul ham xuddi Leoga o'xshab eng og'ir daqiqalar, turli qiyinchiliklar bo'lishiga qaramay, gullab turaveradi", — tushuntirdi Lopes. Gup pushti rangda. Tatu-masterining so'zlariga qaraganda, bu ilohiylik ramzi hisoblanar ekan. Soat tasviri ham ushbu kompoziciyaga o'zgacha jilo baxsh etib turibdi. Lopesning aytishicha, bu abadiylik manosini bildiradi.

Turmush o'rtog'i bilan bir xil tatu: nikoh kuni sanasi va toj

2017 yil Leo yoshlikdagi sevgilisi Antonellaga uylandi va u bilan bir xil tatu chizdirishga qaror qildi (30.06.2017). Keyingi tatu oradan bir necha hafta o'tib chizildi: Leoning o'ng elkasida qirol toji suratini ko'rib qolishdi. Qirolicha toji esa Antonellaning qo'lida ham chizilgan.

SHunga o'xshash toj Neymarning barmog'ida ham bor — o'yinchi sevgilisi Markeziniga atab bu tatuni chizdirgan. Bundan chiqdi, Leo faqat Dani Alves tatuirovkalaridan ilhomlanmagan ekan-da?!

Messining eng mashhur tatuirovkasi — qorin qismida ayolining labi. Muxlislar esa bunga qarshi!

2017 yil yozda Messi tanasida yangi tatu aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. Oktabrda, "Espanol" bilan bo'lgan o'yindan so'ng, baxtiyor Leo (xet-trik qilishga erishgandi) kiyinish xonasida rasmga tushdi va uni instagramga qo'ydi. Suratda futbolchining qornida pushti rang lab bo'yog'i izi aks etgan tatu aks ettirilgan edi. Keyinroq Messi shunday dedi: "Bu Antonellaning labi!"

So'nggi paytlarda Leoning o'ng oyog'iga ham tatu chizildi — tovonidan yuqori qismda uzun qora chiziqlar paydo bo'ldi. U erga Antonellaning va ikki farzandining, Mateo va CHiro, tug'ilgan kunlari yozilgan. Leo simmetriyani hisobga olgan holda tatu chizdiradi: avvaliga u chap oyog'i hamda o'ng qo'liga tatuirovka qildirdi. Keyin esa o'ng oyog'iga o'tdi. Hozirda uning faqatgina tanasining ko'krak qafasida tatu yo'q desak, adashmaymiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: -90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика