Saliba "Arsenal"ning PSJdan uchralgan mag'lubiyatiga baho berdi
01 may 2025 14:29
Yangiliklar
Saliba "Arsenal"ning PSJdan uchralgan mag'lubiyatiga baho berdi
Londonning "Arsenal" jamoasi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba PSJga qarshi Evropa Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi o'yini natijasini sarhisob qildi.
Ushbu bahsda angliyaliklar francuz klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Birinchi 20 daqiqada ko'p kurashdik. Ular bizni ozgina eb qo'yishdi. Biz ko'p yugurdik va to'p ortidan quvib yurdik.
Bu hali yakun emas. Biz u erda g'alaba qozonamiz degan umiddamiz. Biz buni ijobiy qabul qilishimiz lozim, taslim bo'la olmaymiz. Bu – Chempionlar Ligasi. Ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin. Biz o'z xarakterimizni ko'rsatishimiz kerak bo'ladi", – dedi Saliba.
Eslatib o'tamiz, yarim final doirasidagi javob bellashuvi 7 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar