Messi va Ronaldu bir jamoada birlashishi mumkin
18 apr 2025 17:31
Yangiliklar
Messi va Ronaldu bir jamoada birlashishi mumkin
Argentinalik sobiq futbolchi Karlos Teves xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Goal.com xabar berdi.
Sobiq forvard 2022 yilda butsalarini mixga ilgan bo'lsa-da, ammo hozirgi paytga kelib xayrlashuv o'yini haqida o'ylayapti. U sobiq jamoadoshlari va terma jamoadoshlari orasidan ko'plab yulduzlarni, jumladan, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

"Men albatta xayrlashuv o'yinini o'tkazaman, faqat qulay vaqt topishim kerak. Men Messini ham, Ronalduni ham taklif qilmoqchiman", – dedi sobiq hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Teves "Manchester Yunayted"da Krishtianu Ronaldu bilan, Argentina terma jamoasida Lionel Messi bilan birga to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar