"Guliston" Birinchi ligada ishtirok etadi
22 jan 14:44
Yangiliklar
"Guliston" Birinchi ligada ishtirok etadi
"Hozirda jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni rejadagidek davom ettirmoqda. O'tgan haftada "So'g'diyona"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Tayyorgarlik rejasidan yana bir nechta nazorat o'yinlari o'rin olgan. Bu haqda albatta rasmiy kanalda xabar beramiz.
Katta maqsad va vazifalar bilan yangi mavsumga puxta hozirlanayotgan jamoamiz 2027 yilda Pro ligada ishtirok etish uchun potencial nomzodlardan biri hisoblanadi. Professionallik sari harakat qilayotgan "Guliston" futbol klubi tarkibni kuchaytirish, mahalliy iqtidorli o'yinchilarni jamoaga jalb qilish yo'lida bosqichma-bosqich harakat qilyapti. Selekciya ishlari davom etmoqda. Tez orada klub safiga qo'shib olingan yangi o'yinchilar haqida batafsil malumotlar beramiz.
Ayni vaqtda Guliston shahridagi "Markaziy" stadionida tamirlash ishlari davom etmoqda. Shu bois jamoamiz yangi mavsumni Yangier shahrida o'tkazadi. Klub hozirda aynan shu erda mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib bormoqda. Mavsum startiga qadar klub tarkibni sezirarli va sifatli o'yinchilar hisobiga kuchaytiradi hamda o'z maqsadlari sari dadil qadam tashlashga hozirlanmoqda", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq "Guliston" qayta tiklangani va jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgani malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar