So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Chin insoniylik namunasi: Grilish onasini yo'qotgan oilaga yordam berdi va muxlislarga murojaat qildi Yangiliklar

Chin insoniylik namunasi: Grilish onasini yo'qotgan oilaga yordam berdi va muxlislarga murojaat qildi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish futbol nafaqat o'yin, balki haqiqiy insoniy xatti-harakatlar uchun imkoniyat ekanligini yana bir bor eslatdi.

"The Sun" nashrining xabar berishicha, ingliz futbolchisi fojiali vaziyatga tushgan oilaga ko'mak berdi: 55 yoshli Mishel Yeyts 4 aprel kuni to'satdan vafot etgach, uning yaqinlari dafn marosimi xarajatlarini qoplay olmay qolishdi.

Grilish voqeadan xabar topgach, marhumaning qarindoshlari ochgan GoFundMe sahifasiga 1000 funt sterling o'tkazdi. Qo'shimchasiga u o'zining Instagram sahifasida mablag' yig'ish havolasini joylashtirdi va obunachilaridan og'ir ahvolga tushib qolgan oilani qo'llab-quvvatlashlarini so'radi.

Grilish va uning jamoasi "Manchester Siti" 27 aprel kuni "Uembli" stadionida "Nottingem Forest" jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi.

Jek Grilish joriy mavsum "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, Jek Grilish "Chelsi" bilan bahsda xatoga yo'l qo'ygan horg'in kayfiyatdagi Abduqodir Husanovni eng ko'p qo'llab-quvvatlagan futbolchi bo'lgandi. Angliya terma jamoasi azosi uzoq davom etgan motivacion nutqida Abduqodirga boshni baland tutish va xatoni unutishni, hali hammasi oldinda ekanligini uqtirgan, yosh hamkasbining ko'nglini ko'targan edi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика