Rodri to'liq mashg'ulotlarga qaytdi

Sherzod Nurmatov
1 may 2025, 16:26
"Manchester Siti" yarim himoyachisi va "Oltin to'p" sohibi Rodri xochsimion bog'lami uzilishi jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga kirishdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Rodri "Manchester Siti" to'liq mashg'ulotlariga qaytgan. 

Qaytishning aniq muddati e'lon qilinmagan. Ammo avvalroq klub uning Klublar o'rtasidagi JCHga qadar tiklanishiga umid qilayotgandi.

Rodri 2024 yil 22 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasining 5-turida "Arsenal"ga qarshi o'yinda tizzasining xochsimon bog'lamini uzib olgan va o'shandan beri maydonga tushmayotgandi.

Rodri joriy mavsum bor-yo'g'i 3 ta o'yin o'tkazdi: ikkitasi APLda va bittasi Chempionlar Ligasida. U ushbu jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.

Rodrining "shaharliklar" bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 130 mln evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports