Messi Gvardiola haqida: "U futbolga zarar etkazdi"
18 apr 19:49
Yangiliklar
Messi Gvardiola haqida: "U futbolga zarar etkazdi"
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning futbolga tasiri haqida fikr bildirdi.
"Gvardiola – boshqa dunyo, u hech kim ko'rmaydigan narsalarni ko'radi. U futbolni o'zgartirdi. Hamma bizdan nusxa olmoqchi bo'lardi. Aslida bu bilan u beixtiyor o'yinga zarar etkazdi: odamlar buni qanday qilishni tushunmay "Barselona"ga o'xshab o'ynashga harakat qilishdi. Yarim himoyada Xavi, Andres Inesta va Serxio Busketsdan iborat maxsus jamoamiz bor edi, murabbiy va futbolchi bir-biriga shu qadar mos kelgandi", – dedi argentinalik afsona.

Ispaniyalik mutaxassis 2008 yildan 2012 yilgacha "Barselona"ni boshqargan. Shu vaqt ichida u klub bilan 14 ta sovrin yutgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar