Olmo jarohat sababli Klasikoni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2026, 12:40
Dani Olmo PSJga qarshi o'yinda olgan jarohati sababli Klasikoni o'tkazib yuboradi.

"Barselona" yarim himoyachisi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan uchrashuvning (2:4) 27-daqiqasida almashtirildi - uning o'rniga maydonga Fermin Lopes tushdi.

Marca nashri xabar berishicha, Olmoning "Real"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi deyarli istisno qilinmoqda. Hozircha ispaniyalik futbolchi jarohatining xususiyati va og'irlik darajasi aniqlanmagan, ammo kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'yinchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas.

La Liganing 10-turi doirasidagi "Barselona" va "Real" o'rtasidagi uchrashuv yakshanba, 25 oktyabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca