Runi: "Umid qilamanki, "Arsenal" ECHLda g'alaba qozonadi. Buning uchun ishonch va sabr kerak"
01 may 13:34
Yangiliklar
Runi: "Umid qilamanki, "Arsenal" ECHLda g'alaba qozonadi. Buning uchun ishonch va sabr kerak"
Mutaxassislar Chempionlar Ligasi yarim finalida PSJning "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
29 aprel kuni Londondagi "Emireyts" stadionida Chempionlar Ligasining birinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Franciya klubi "Arsenal" ustidan minimal 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona gol 4-daqiqada Usmon Dembele tomonidan urildi.
Mashhur sobiq futbolchi, ekspert Ueyn Runi o'yinni quyidagicha izohladi:
"Umid qilamanki, "Arsenal" bu turnirda g'alaba qozonadi, ammo ular javob o'yiniga ishonch bilan borishlari kerak.
Siz sabr-toqatli bo'lishingiz, o'yinni sekinlashtirishingiz, kerakli daqiqalarda to'pni nazorat qilishingiz va yakunda imkon qadar aniq harakat qilishingiz kerak", – dedi Runi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar