Messi "Barselona" bilan avgust oyining boshida shartnoma imzolaydi
28 iyu 2021 19:01
Yangiliklar
Messi "Barselona" bilan avgust oyining boshida shartnoma imzolaydi
Ungacha forvard jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmaydi.
Hujumchi Lionel Messi hali ham "Barselona" bilan shartnoma imzolamagan.
Xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi yangi shartnoma imzolanmaguncha jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlamaydi. Hozirda u oilasi bilan tatilda.
Yangi shartnoma katta ehtimol bilan 2 avgust sanasida imzolanishi kutilmoqda.
Messi shartnoma imzolagandan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tadi va asosiy tarkib Germaniyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inidan qaytgunicha Serxio Aguero va Emerson Aparecido bilan birgalikda Barselona lagerida shug'ullanadi.
Fikrlar