Mendesh: "Ronaldu "Yuventus"ga o'tishni istaganida, buning iloji yo'q deb o'ylagandim"
18 dek 2018 11:51
Yangiliklar
Mendesh: "Ronaldu "Yuventus"ga o'tishni istaganida, buning iloji yo'q deb o'ylagandim"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh portugaliyalikning Turin klubiga o'tishi tafsilotlarini aytib berdi.
"U futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, shu sababli ko'plab klublar Ronalduni qo'lga kiritmoqchi bo'ldi. "Yuventus"ga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Krishtianu yanvarda bu jamoaga o'tmoqchiligini aytgandi. O'sha paytda bu transferning iloji yo'q deb o'ylab qolgandim, ammo nohaq ekanman.
Aprelda o'tgan "Yuventus" hamda "Real" bahsidan avval Paratichi va Nedved bilan uchrashdim, keyin Anelli bilan suhbatlashdim. Bu transfer amalga oshishiga o'shandagina ishondim. Muzokaralarga keladigan bo'lsak, ular 2-3 oy davom etdi" - deydi Mendesh.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar