

"U futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, shu sababli ko'plab klublar Ronalduni qo'lga kiritmoqchi bo'ldi. "Yuventus"ga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Krishtianu yanvarda bu jamoaga o'tmoqchiligini aytgandi. O'sha paytda bu transferning iloji yo'q deb o'ylab qolgandim, ammo nohaq ekanman.
Aprelda o'tgan "Yuventus" hamda "Real" bahsidan avval Paratichi va Nedved bilan uchrashdim, keyin Anelli bilan suhbatlashdim. Bu transfer amalga oshishiga o'shandagina ishondim. Muzokaralarga keladigan bo'lsak, ular 2-3 oy davom etdi" - deydi Mendesh.



