Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga yo'l oldi
19 fev 2019 11:00
Yangiliklar


Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga yo'l oldi
Xabaringiz bor, o'tgan yilning may oyida Rossiyada bo'lib o'tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi finalda Pokistonga qarshi bahs olib borib, penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozongan va jahon chempionligiga erishgandi.
Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa azolari bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan terma jamoa azolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Jumladan, bugun Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi yig'in o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l olishdi. Futbolchilar Antaliyada 28 fevralga qadar mashg'ulot olib borishadi va bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik ko'rishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar