Mbappe va Ben-Yedder Franciya chempionatida 18tadan gol urishgandi, ammo to'purar deb Kilian tan olindi
08 may 2020 10:22
Yangiliklar


Mbappe va Ben-Yedder Franciya chempionatida 18tadan gol urishgandi, ammo to'purar deb Kilian tan olindi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe muddatidan oldin yakunlangan Liga 1ning "Oltin butsa"sini qo'lga kiritadi.
21 yoshli francuz Franciya chempionatining eng yaxshi to'purari deb topildi.
Mbappening hisobida 18ta gol bor edi. "Monako" hujumchisi Vissam Ben-Yedder ham shuncha to'p kiritgan, ammo u gollarining uchtasini penaltidan urgan. Mbappe esa hamma golini o'yindan kiritgan. Ro'yxatda uchinchi o'rin 16ta gol bilan "Lion" forvardi Mussa Dembelega nasib etdi.
Mbappe ketma-ket ikkinchi mavsum Liga 1 to'purari bo'ldi. 2018-2019 yilgi mavsumda u 29 o'yinda 33ta gol urgandi. O'shanda ikkinchi bo'lgan Nikolya Pepe undan 11ta kamroq to'p kiritgandi.
Eslatib o'tamiz, Liga 1 koronavirus sabab muddatidan oldin yakunlandi va PSJ chempion deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar