So’nggi yangiliklar

14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  14 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  12 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  15 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  5 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  18 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  6 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  8

Maxaradze 5 yilga futboldan chetlatildi - Etika qo'mitasi qarori Yangiliklar

Maxaradze 5 yilga futboldan chetlatildi - Etika qo'mitasi qarori

OAVda keng muhokamalarga sabab bo'lgan "Lokomotiv" azosi Kaxi Maxaradze va boshqalarning totalizator hamda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganligi holati yuzasidan O'FA tomonidan tegishli tartibda tekshiruv o'tkazilib, Etika qo'mitasida ko'rib chiqildi.

"Aniqlanishicha, "Lokomotiv" PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze, futbolchi Evgeniy Kochnev, Gruziya fuqarolari G.K. va CH.M. ismli shaxslar o'zaro til biriktirib, firibgarlik yo'li bilan boylik orttirish maqsadida, xitoylik o'zini Jay deb tanishtirgan shaxsning ishonchiga kirib, totalizator kontoralari orqali "Lokomotiv" futbol klubining uchrashuvlarini Kaxi Maxaradze va boshqa futbolchilar bilan kelishgan holda o'zlari uchun qoniqarli natija bilan yakunlashga yolg'on vada berib, ishontirganlar.

Xususan, shu yil 27 may kungi "Navbahor" – "Lokomotiv" uchrashuvida 2:0 hisobi qayd etilgan bo'lib, K.Maxaradze, G.K., CH.M. va E.Kochnev mazkur o'yin uchun Jay ismli shaxsdan taxminan 30.000 AQSH dollari olib, o'zaro bo'lishib olganlar.

Bundan tashqari, "Lokomotiv"ning AGMK va "So'g'diyona" futbol klublariga qarshi uchrashuvlariga yuqoridagi shaxslar tomonidan pul tikish masalasi muhokama qilingan bo'lsa-da, lekin bu amalga oshmagani aniqlangan (ushbu malumot OFK va "Sportradar" tashkilotlari tomonidan ham tasdiqlangan).

SHundan so'ng, "Lokomotiv"ning mehmonda Nasafga qarshi uchrashuvda mag'lub bo'lishini taxmin qilib, K.Maxaradze bu o'yinni yutqazib berishiga Jayni ishontirib, u tomonidan totalizatorda pul tikilishiga sababchi bo'lgan.

"Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlanganidan so'ng Jay o'zi tomonidan yutqazilgan 100.000 AQSH dollarini K.Maxaradze, CH.M., G.K. va E.Kochnevdan talab qilgan. Rad javobi olgach, o'ch olish maqsadida ular haqidagi malumotlarni O'FA va OAVlarning elektron pochtalariga yuborgan.

O'FA tomonidan tekshiruv boshlangach, Jay noqonuniy faoliyati natijasida o'z mamlakatining tegishli tashkilotlari tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkinligini anglab, yuqorida yuborgan malumotlar noto'g'riligi, suratlarni o'zi yasaganligi haqida xabar yuborgan.

Yuqoridagilarni o'rganib chiqish natijasida, O'FA Etika qo'mitasi yig'ilishining qaroriga ko'ra, Kaxi Maxaradze Intizom kodeksining tegishli bandlari bo'yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turlaridan 5 yil muddatga chetlatilib, yuz million so'm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

SHuningdek, futbolchi Evgeniy Kochnev ham Intizom kodeksining tegishli bandlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turlaridan 3 yil muddatga chetlatilib, o'ttiz million so'm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tekshiruv davomida "Lokomotiv" PFKning boshqa futbolchilari va murabbiylari totalizator hamda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga aloqador bo'lgan chet el fuqarolarining shubhali harakatlari bo'yicha malumotlar tegishli xalqaro tashkilotlarga yuborildi. O'zbekiston futbol associaciyasi kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha OFK va “Sportradar” bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelmoqda hamda shu kabi holatlar aniqlansa, aybdorlarga nisbatan qatiy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantiradi", – deyiladi O'FA xabarida.



Mavzu yuzasidan chop etilgan maqolalar:

"Maxaradze ishi" yopildimi?

SPORTRADAR Kaxi Maxaradze ishida yordam bera oladimi?

"Lokomotiv" so'nggi voqealar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

O'yindan o't, "Lokomotiv"da ... chiqdi. Yoxud Kaxi yolg'iz emas

Jiddiy "yurishlar" payti keldimi?!

"LOKOMOTIV" FUTBOLCHISI O'ZI ISHTIROK ETGAN O'YINGA PUL TIKKANMI?

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика