Mavsumning eng yaxshi darvozabonlari reytingi tuzildi. APL va Liga 1 vakillari etakchilik etakchilik qilmoqda
20 may 20:24
Yangiliklar


Mavsumning eng yaxshi darvozabonlari reytingi tuzildi. APL va Liga 1 vakillari etakchilik etakchilik qilmoqda
WhoScored tahliliy portaliga ko'ra Jorje Petrovich ("Strasbur") va Mark Flekken ("Brentford") Evropa top-5 ligasidagi eng yaxshi darvozabonlar deb topildi.
Har ikki futbolchi joriy mavsumdagi o'yinlari uchun 6,99 ball oldi.
Kuchli uchlikni "Torino" darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich yakunlab berdi. Uning ko'rsatkichi – 6,95 ball.
Top-5likka "Oser" darvozaboni Donoval Leon (6,94) va "Espanol" posboni Xoan Garsiya (6,91) kirdi.
Reyting etakchilaridan biri bo'lgan Petrovich "Chelsi" futbolchisi hisoblanadi. U "Strasbur"da ijara asosida o'ynaydi. 25 yoshli darvozabonning o'yinlarini inobatga olsak, u London klubida birinchi raqamli maqom uchun kurash olib borishi ehtimoli yuqori.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar