So’nggi yangiliklar

07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 07:32"Валенсия" Ансу Фатини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 07:05Антони Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 02:59Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб эта олмади  83 02:41А Серия. Лукакунинг 78-дақиқада урган голи "Наполи"га "Аталанта"га қарши Бергамодаги ўйинда ғалабани тақдим этди  2 01:20Деле Алли А Серия клубига ўтади  0 00:55Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Боруссия Мёнхенгладбах"га 3та гол урди  0 00:33АПЛ. Салибасиз "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди  13 00:04А Серия. "Ювентус" "Милан"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди  3 23:40Расман: "Қизилқум" "Насаф" собиқ легионерини трансфер қилди  6 23:29Лига 1. ПСЖ Ҳусановсиз қолган "Ланс" устидан иродали ғалабага эришди  4 23:10Бундеслига. "Бавария" ва "Вольфсбург" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, "Лейпциг" камбэк сабаб ғалабани қўлдан чиқарди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 22:22Ла Лига. Гризманн 90-дақиқада пенальтидан фойдалана олмади ва "Атлетико" "Леганес"га мағлуб бўлди, жамоа бунгача барча мусобақаларда 15та ўйинда ғалаба қозонганди  23 22:16АПЛ. "Ливерпуль" Нуньеснинг 90+1 ва 90+3 дақиқадаги голлари эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  18

Mavsum starti avvalida, kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Mavsum starti avvalida, kimning imkoniyati qanday?

PFLning 10-mavsumi boshlanishiga 24 soat ham qolmadi. Yana bir necha soatdan keyin Siz kutayotgan oliy liga o'yinlariga start beriladi.

UCHLIK O'ZGARMASA KERAK

Garchand, "Lokomotiv" OCHLda hali yorqin o'yinini namoyish eta olmagan bo'lsada, uning tarkibidagi futbolchilar oliy liga hadisini olib bo'lganlar. 2015 yilda "Paxtakor"ni chempion bo'lishida juda katta rol o'ynagan Jaloliddin Masharipov uchun oliy liga maydonlari bamisoli keng dala, istagan ishini qila oladigan hujumkor yarim himoyachi bilan o'z safini to'ldirib olgan "temiryo'lchilar" uch nafar asosiy tarkib futbolchisini yo'qotganlari bilan, oliy ligadagi raqiblari bundan foydalanib o'z safini kuchaytira olmadilar. 

"Lokomotiv"ga "Bunyodkor"dan ko'ra "Nasaf" jiddiy raqobat ko'rsatishi mumkin. "Nasaf" faqat Muhammadievni yo'qotdi, o'rnini esa medallar uchun kurashishdagi eng yaqin raqobatchisi bo'lgan "Bunyodkor"ning sardorini qo'lga kiritish bilan yopdi. Yil boshida klubni tark etishga shay turgan o'yinchilar faoliyatlarini yana bir yilga "Nasaf" bilan bog'ladilar. Qolaversa, Aziz G'aniev shunday o'ynab tursa, unga kelgusida o'zimiz uchun Odil Ahmedovning o'rinbosari sifatida qarashimizga sabab bo'lishi mumkin.

"Bunyodkor"ning OCHLdagi o'yini chakki emas. O'yin bor, ammo tajribasizlik pand berayapti. Bir jamoada yo futbolchi tajribasiz bo'lishi mumkin, yoki murabbiy. "Bunyodkor"da esa kelajagi bor tajribasiz futbolchilarni, OCHLda tajribasi yo'q murabbiy boshqarayotgani chakki bo'layapti. Matbuotni sariqlikda ayblayotgan murabbiy, ichki "menini" yo'qota olgan taqdirdagina natijaga erishishi mumkin. Jamoa safini tajribali o'yinchilar tark etishida matbuotning aybi bo'lmasa kerak?


KEYINGI UCHLIKDAN "OLMALIQ" JOY OLADIMI?

Uchlikka kiradigan jamoalarga, pastki qatorda "Paxtakor", "Olmaliq", "Metallurg" va "Qizilqum" qarshilik ko'rsatishlari mumkin bo'ladi. O'tgan yilgi "Buxoro" rolida bu yil "Olmaliq"ni ko'ramiz. "Paxtakor" jiddiy yo'qotishga uchradi, jamoaning asosiy figurasi "Lokomotiv" safini to'ldirdi. Jamoa faqat Bulyatni qo'lga kiritganini takidlab o'tish mumkin, ichki resurs qanday chiqishini bu yil kuzatamiz. 

"Olmaliq" esa tajribali murabbiy qatorida, oliy ligada o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Qolaversa klubda natijaga bo'lgan munosabat ham o'zgardi. Buning mevasi qanday shira olishini mavsum oxirida bilib olamiz. 

"Metallurg" va "Qizilqum" o'zakni saqlab qoldi. Bu futbolda eng katta omillardan biri. "Qizilqum" safiga Po'latov, Gevorkyan va Allaniyozovning qo'shilishi katta yutuq.


"QO'QON-1912"DA VODIYNING BIRINCHI JAMOASI BO'LISH UCHUN IMKONIYAT

Kutilmagan o'zgarishlar No'mon Hasanov boshqaruviga o'tgan "Qo'qon-1912" safida bo'lib o'tdi. Jamoaning o'yinida mazmun paydo bo'lish bilan birga tarkib Merzlyakov, Xolmuhamedov, Pardaev, Xolmurodov kabi futbolchilar bilan kuchaytirildi. Bu yil vodiy derbisi ancha qiziq o'tadi. "Navbahor"da ham sezilarli o'zgarishlarni kuzatdik. Klub azaliy raqibi, "Neftchi"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri, Mansur Saidovni o'z safiga qo'shib oldi. Rahbariyatda tub burilish kuzatildi. "Neftchi" esa katta transferlarni amalga oshirmadi. SHuning uchun ham bu yil vodiyning uch klubining o'rtasida alohida bir kurash ketadi.

"SHo'rtan", "Mashal" va "So'g'diyona" jamoalari o'rtamiyonalar safida yuqoridagi klublarni taqib qiladilar. "So'g'diyona"ni har yili o'sha mavsum kashf etilgan nomlar tark etsada, oliy ligada o'z o'rniga ega bo'lib borayapti. "Buxoro" esa bu yil o'tgan yilgi qarzlar tufayli quyi o'rinlarda yurishga majbur. Agar jamoa Baqoev va Ashurmatov qo'l ostida joriy mavsumni eson-omon yakunlab olsa, keyingi yil biz umuman boshqa "Buxoro"ni ko'rishimiz mumkin bo'ladi, boisi endi klub pulni qanday taqsimlash kerakligini biladi.


"DINAMO"DA SUKUNAT

Afsuski samarqandliklar safida bironta ijobiy holatni kuzatmadik. Jamoa oliy ligaga tayyor emas. O'tkan yili qiynalib bo'lsada, kuchlilar qatorida o'z o'rnini saqlab qolgan "Obod"ga bu yil osonroq bo'lishi tabiiy. "Dinamo"dan farqli ravishda poytaxtliklarning 3 yillik tarkibi bor. Faqat darvozabon Dilshod Hamroevni yana "Bunyodkor"ga qaytishi ularga qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

Oliy liga jamoalarining bugungi kundagi saviyalaridan kelib chiqib, Sizningcha kim qanday o'rinni qo'lga kiritadi?

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика