Mauricio Sarri APLda rekord o'rnatdi
12 noy 2018 08:45
Yangiliklar
Mauricio Sarri APLda rekord o'rnatdi
“CHelsi” APLning 12-turida “Everton”ni o'z maydonida qabul qilib, 0:0 hisobida durang o'ynadi.
APLning ortda qolgan 12 turida “CHelsi” biror marta yutqazmadi. 8 ta o'yinda g'alaba qozonib, 4 ta o'yinda durang o'ynadi. Jamoa ustozi Mauricio Sarri esa APL tarixidagi eng omadli murabbiyga aylandi. Hech bir murabbiy Sarri singari o'zining debyut mavsumida APLning 12 turida bunday natija qayd etmagandi. Sarri oldinroq Frenk Klark singari 11 ta mag'lubiyatsiz o'yin natijasini qayd etib, rekordni bo'lishib turgandi. Endi esa Sarri yaqqol rekordchiga aylandi.
Fikrlar