"Mashal" o'z safiga sobiq futbolchisi va Mavlonovni qo'shib oldi
19 jan 2021 22:52
Yangiliklar


"Mashal" o'z safiga sobiq futbolchisi va Mavlonovni qo'shib oldi
Muborakliklar ayni damda o'z qarorgohida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib bormoqda.
Ispaniyalik murabbiy asta-sekin qo'l ostidagi futbolchilarning imkoniyatlarni ko'zdan kechirmoqda. Tarkibga ikki nafar yangi o'yinchilar kelib qo'shilganini aytish lozim.
Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan SHahzod SHaymanov bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana qadrdon jamoasiga qaytdi. 28 yoshli yarim himoyachi katta futbolga aynan "Mashal" orqali kirib kelgandi. O'tgan mavsum "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan SHaymanov endi yana "gazchilar" azosiga aylandi.
Undan tashqari "Mashal" yig'iniga Nodir Mavlonovning ham qo'shilganini ko'rish mumkin. 2020 yilgi mavsum yakuniga etmasdan "Andijon" klubidan ketishga majbur bo'lgan 25 yoshli yarim himoyachiga "gazchilar" dan taklif tushgan ko'rinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar