Markus Tyuram faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
18 avg 2021 08:15
Yangiliklar
Markus Tyuram faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi o'yinchisi Markus Tyuram faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Milanning "Inter" klubi futbolchi bilan muzokaralarga kirishdi.
Milanliklar belgiyalik Romelu Lukakuga o'rinbosar izlashmoqda va bu joyga hujumning barcha chiziqlarida o'ynay oladigan Markus Tyuramni ko'rishmoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum jamoasi safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 12ta assist qayd etdi. Markusning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar