Markus Reshford: “FIFA o'ynayapman, kitob o'qiyapman, ancha yil ilgari o'tkazilgan matchlarni tomosha qildim”
30 mar 2020 23:39
Yangiliklar


Markus Reshford: “FIFA o'ynayapman, kitob o'qiyapman, ancha yil ilgari o'tkazilgan matchlarni tomosha qildim”
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford karantin vaqtida nimalar bilan mashg'ul bo'layotgani haqida aytib o'tdi.
“Falsafaga oid ko'plab kitoblarni o'qidim, bu mening faoliyatim hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Men doim o'sib borishni istayman. Kitob bilim manbai. Qancha ko'p kitob o'qiganing sari, ko'p narsalarni bilmasligingni tushunib etasan.
Barchasiga sabr qilishimiz kerak. Men klub tomonidan berilgan mashg'ulotlar jadvaliga to'liq amal qilib, velotrenajyorda astoydil shug'ullanyapman.
FIFA o'ynayapman, kitoblar o'qiyapman. Vaqtim xushkayfiyatda o'tishi muhim, bu xotirjamlikni saqlashga yordam beradi. Kundan kunga bu vaziyatni tushunib etayapman.
Hattoki TVdan ham sen istagan narsani ko'rsatilmayotgani og'ir. SHu bois Internetdan ko'plab eski o'yinlarni topib, tomosha qilyapman”, deydi Reshford.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar