So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

"Maqsadim va orzum - PSJ bilan Evropa CHempionlar ligasini yutish" - Lionel Messi Parij klubi safidagi ilk matbuot anjumanida qatnashdi Yangiliklar

"Maqsadim va orzum - PSJ bilan Evropa CHempionlar ligasini yutish" - Lionel Messi Parij klubi safidagi ilk matbuot anjumanida qatnashdi

Teglar :  PSJ Lionel Messi
Kecha PSJ klubi bilan shartnoma tuzgan Lionel Messi bugun maxsus matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Quyida argentinalik futbolchining eng muhim fikrlarini taqdim etamiz:

"Barselona"dagi uzoq yillik faoliyatdan keyin jamoadan ketish oson bo'lmadi. Ammo PSJga o'tganimdan keyin o'zimni qulay his qildim. Hozir yagona istagim - yangi klub safida mashg'ulotlariga qo'shilish.

PSJ bilan muzokaralar tez va sifatli o'tdi. Biz qiyin vaziyatdan ajoyib tarzda chiqdik: Parijda bo'lishdan mamnunman va tezroq maydonga tushishni xohlayman.




Qachon PSJ safida debyut qilishimni bilmayman: tez orada mashg'ulotlarni boshlaymiz va imkon qadar tezroq tarkibga tushishga intilaman. Murabbiylar shtabi qachon meni tayyor deb hisoblashsa o'shanda debyut qilaman.

So'nggi kunlardagi men bilan sodir bo'lgan holat - o'zgacha. Barchasi juda tez o'tmoqda..."Barselona"dagi barcha hissiyotlarni unutib bo'lmaydi. Ammo PSJga o'tishni sabrsizlik bilan kutdim.




Siz dunyoning eng yaxshi klubida bo'lishingiz mumkin, ammo Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritmaslingingiz mumkin: kutilmagan holatlar ham uchrab turadi.

Maqsadim va orzum — PSJ bilan birga Evropa CHempionlar ligasini yutish: Parij — bunday yuqori maqsadni amalga oshirish uchun eng yaxshi joy.





Biz yana birgamiz, men, Neymar, Paredes, Di Mariya. Jamoadagi barcha yigitlarni yaxshi taniyman. Albatta, PSJga o'tishimda Neymarning hissasi katta bo'ldi.

"Barselona"ga qarshi boshqa jamoa safida maydonga tushish g'alati bo'ladi", - dedi Messi PSJ futbolchisi sifatidagi ilk matbuot anjumanida.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика