So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Maqsaddan gapiring, maqsaddan… Yangiliklar

Maqsaddan gapiring, maqsaddan…

Hozirgi paytda futbolga sal-pal qiziqqan har qanday bolakayni to'xtatib, undan Real yoki Barsaning bu yilgi rejalari qanday? deb so'rasangiz, albatta, CHempionlik! deya javob qaytaradi.

Ammo kuchli sanalgan har bir klubning o'zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonishi qiyin masala. SHu bois, aksariyat jamoalar oldiga mavsum avvalida aniq vazifa va majburiyatlar yuklanadi. Bugun biz

Evropa top-klublarining taxminiy vazifalari haqida fikr yuritamiz...

Real: maqsad - primera

Garet Beylning takidlashicha, Real uchun Ispaniya chempionatida g'olib chiqish - eng ustuvor vazifa sanaladi. Zero Qirollik klubi La ligada so'nggi bor Mourino boshqaruvida - 2011|2012 yillar mavsumida g'olib chiqqandi. SHuningdek, Zayniddin Zidan ham mavsum avvalida shunga o'xshash fikr bildirib, jamoasi uchun chempionatdagi muvaffaqiyat ECHLdan ko'ra muhimroq ekanini aytdi. CHunonchi, har yili chempionatni Barselonadan keyingi o'rinlarda yakunlash madridliklarning joniga tegdi. To'g'ri, Qirollik klubi keyingi uch yil mobaynida ECHL bosh sovrinini ikki marta qo'lga kiritdi. Ammo ispaniyalik muxlislar uchun baribir, milliy chempionatning oltin medallari qadrliroq. Qolaversa, ichki dushmanlarning tanobini tortib qo'yadigan vaqt allaqachon kelgan. Bo'lmasa, Pikega o'xshagan qandaydir tili o'tkir kimsalar Madrid CHL pley-offida negadir engil guruhga tushaverishini aytib, poytaxtliklarning asabini buzmoqda. SHunday ekan, Real joriy mavsumda eng avvalo, milliy birinchilik haqida o'ylaydi. Biroq Zidan CHLdan umidini uzmasa kerak. Negaki, hali hech bir jamoa bu musobaqada ketma-ket ikki marta g'olib chiqmagan. Ehtimol, bu jamoa aynan Real bo'lar?..

Barselona: asosiysi - CHempionlar Ligasi

Barchaga yaxshi malumki, Real va Barselona klublarining hozirgi tarkibi hamda imkoniyatlari bir yo'la bir nechta frontda kurash olib borish uchun etarli. Klublar oldiga vazifa qo'yishdan maqsad esa boshqa turnirlarda dam olish emas, jamoadagi ruhiy muvozanatni ushlashdir. Yani, etakchi futbolchilar ulardan eng birinchi navbatda nima talab qilinayotganini tushunib, shunga mos harakat qilishadi. Boshqacha aytganda, ular qaysidir vaqtlarda bor kuchlarini ishga solishadi, nisbatan engilroq o'yinlarda esa shunchaki, mahoratning hisobiga boshqalarni o'z ortlaridan ergashtirishadi. Umuman olganda, Ispaniyaning ikki grandi bu mavsumda ham treblni niyat qilishgan. Biroq bu ikki jamoa oldiga qo'yilgan vazifa ahamiyat jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, Madrid uchun hozirgi paytda eng muhimi - La ligadagi muvaffaqiyat. Barsa esa aksincha, Primerodan ko'ra, ECHLga etiborni kuchaytirmoqchi. Axir Realning mazkur turnirda ketma-ket ikki marta g'olib chiqqan jamoaga aylanishiga osonlikcha yo'l qo'yib bermaslik kerak-ku!

Bavariya: Anchelotti - CHL borasida mutaxassis


Germaniya chempionati bahslarini muntazam kuzatib boruvchi muxlislarga yaxshi malumki, Bavariya so'nggi to'rt mavsumda Kumush tovoqni hech kimga bermay, bunday natijaga erishgan yagona nemis klubi sifatida tarixda qoldi. Aslini olganda, ushbu muvaffaqiyat  Gvardiola ish uslubining o'ziga xos g'alabasi sifatida baholanishi lozim. Ammo ispaniyalik mutaxassis jamoani o'zidan oldin boshqargan Yupp Xaynkes singari CHempionlar Ligasida g'olib chiqa olmadi. Mana, endi Bavariya bu oliy maqsadga Karlo Anchelotti bilan erishishga umid qilyapti. Zero, italiyalik murabbiy mazkur sovrinni uch marta yutib olgan. Etiborlisi, u ushbu natijaga ikkita klubda erishgan. Qisqa qilib aytganda, Anchelotti - ECHL bo'yicha bebaho tajribaga ega. Don Karlo oxirgi intervyularida Myunxendagilar undan har bir turnirda g'alaba talab qilishmayotganini aytdi. Biroq aslida, uning qulog'iga aytilgan gaplarni taxmin qilish qiyin emas: CHLda g'olib bo'l va qahramonimizga aylan! Demak, bundesliga oltin medallarini Borussiya o'zlashtirsa ham hech narsa qilmaydi. Umuman, Bavariya har mavsumda ECHL bosh sovriniga davogar klub hisoblanadi. Anchelotti bilan esa nemis grandining imkoniyatlari yanada balandroq ko'rinmoqda.

Atletiko: kuboklar jangchisiga - ECHL

Tan olish kerak, Atletiko joriy mavsumni ketma-ket ikkita durang bilan boshlab, ishqibozlarini biroz tashvishga solib qo'ydi. Lekin shunga qaramay, Simeone oldidagi vazifa ancha avvalroq aniq bo'lib ulgurgan. Yani matraschilar ichki chempionatda Real va Barselona bilan tengma-teng kurasha olishlarini butun dunyoga isbotlab bo'lishdi. Ammo ming afsuski, ECHLning shalpangquloq sovrini Simeone shogirdlariga sira tutqich bermayapti. Eng muhimi, Atletiko ECHLga o'xshash pley-offdan iborat bahslarda jangovar qiyofaga kiradi va har qanday raqibni birin-ketin yanchib ketaveradi. Boy berilgan ikki final-chi, deysizmi? Kim biladi, aynan shu sportcha g'azab Atletiko futbolchilariga o'zgacha ilhom berar?..

Arsenal: APL umidi

Biz - Arsenalmiz va doim sovrinlar uchun kurashamiz!. Bu - klub himoyachisi Loran Koselnining fikri bo'lib, mazkur so'zlar qaysidir manoda, klub oldidagi vazifalarni ham ifoda etadi. CHindan ham, kanonirlar (agar Angliya kubogini hisobga olmasak) anchadan beri sovrin yutib olishmadi. Afsuski, ECHLda Arsen Venger jamoasining yo'li erta kundayoq yo Bavariya yoki Barselona bilan to'qnash keladi-yu, shu bilan londonliklar ertagi poyoniga etadi. Biroq APL darajasida olsak, to'pchilarning ichki chempionatdagi o'yinlari tobora barqarorlashib bormoqda va ular mudom kuchli to'rtlikdan pastga tushib ketishmayapti. Agar Arsenal uzoq davom etadigan mavsumda bo'shashmasa, ashaddiy raqiblarga qarshi o'yinlarda osonlikcha mag'lub bo'lavermasa, chempionlik uchun bemalol kurasha oladi. Xullas, Venger va uning shogirdlari uchun eng oliy vazifa - Angliya chempionligi.

Yuventus: sinora mutlaq hokim

Yuventusning A seriyadagi ishlari qanday borishini bilasiz - bu klub hamisha faqat chempionlikni ko'zlaydi. Evropa CHempionlari Ligasi esa Keksa sinora uchun alohida hamiyatga ega. Yuvening hozirgi tarkibi ECHLda nafaqat bu yil, balki kelasi mavsumda ham chempionlik uchun kurasha olishi uchun imkon beradigandek tuyulmoqda. To'g'ri, jamoani Morata va Pogba kabi yulduzlar tark etishdi. Lekin ular o'rniga xarid qilingan Gonsalo Iguain va Miralem Pyanich ham g'oyat ulkan tajribaga egalar. SHunday ekan, nega endi CHL finali italyanlarsiz o'tishi kerak?!

Manchester Siti: shu mavsumning o'zida hamma sovrin

Tan olish kerak, Man Siti va Gvardiola oldiga qo'yilgan vazifani aniqlash oson ish emas. Negaki, Xosep o'zi va jamoasi ishtirok etadigan har qanday turnirda faqatgina g'oliblikni o'ylaydi. Yoddan chiqarmaslik lozim, APL oltin medallari - Angliyaning har qanday klubi uchun o'ta muhim sovrin. Lekin Pep yaxshi biladiki, ECHL bosh mukofoti - Evropaning klub futboli cho'qqisiga chiqish uchun asosiy zina. U Bavariyada ham shalpangquloqni qo'lga kiritish uchun rosa urindi-yu, ammo har gal yarim final bosqichida to'xtatildi. SHuni inobatga olsak, Gvardiola Sitida asosiy etiborni ECHLga qaratishi turgan gap. Ammo bu shaharliklar premer-liga o'yinlarini yoddan chiqarishadi, degani emas.

PSJ: zerikib qolgan gegemon

Parijliklarning holati Yuventusniki bilan deyarli bir xil. Birgina farq shuki, PSJning ichki chempionatdagi ustunligi hatto keksa sinoradan ham yaqqolroq. Xabaringiz bor, Loran Blan ichki musobaqalarda keragidan ham ortiqroq yutuqlarga erishdi, ammo shogirdlarini ECHLda chorak finaldan u yog'iga olib o'tolmadi. Parijliklar uning o'rniga Emerini taklif qilishganining bosh sababi ham shu bilan bog'liq. CHunonchi, Unai kamtargina Sevilya bilan Evropa Ligasida uch marta muvaffaqiyat qozondi. Bu esa tabiiyki, murabbiyning evrokuboklarga alohida tashnaligini bildiradi. Qisqacha aytganda, PSJ uchun Liga 1da g'olib chiqish - surnaychidan bir pufdek gap. ECHL esa - joriy mavsumdagi bosh maqsad.

Manchester Yunayted: Mourino APLni buysundirmoqchi

MYUning ayni paytdagi holati va kelajak rejalari haqida ortiqcha gapirish shart emas. Klub avvalgi darajasini tiklashga urinayotgani hammaga ayon. Buning uchun esa qizil iblislar eng avvalo, APLdagi obro'larini tiklab olishlari zarur. Qolaversa, premer-liga va CHL saviyasini bir-biriga taqqoslash mumkin-u, ammo APL va Evroliga - unchalik mos kelmaydigan tushunchalar. SHuning uchun Manchester Yunayted rahbarlari etirozlarga qaramay, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Mourinoni olib kelishdi. Dastlabki turlardagi g'alabalar esa qizil iblislarning niyati jiddiy ekanini ko'rsatmoqda. To'g'ri, Manchester derbisida Jozega biroz omad etishmadi. Lekin u bekorga Old Traffordga taklif etilmaganini isbotlash uchun ham oxirigacha kurashishi aniq.

CHelsi: APL!

Antonio Konte oldida sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritishdan boshqa vazifa yo'q. Zero, CHelsidek nomdor klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, quruq qo'l bilan qolib ketdi. Yodingizda bo'lsa, xuddi shunday holat Yuventusning boshidan o'tgan va o'shanda Konte evroturnirlarsiz o'zini erkin his qilgan jamoani skudetto sari etaklay olgandi. Keyinchalik esa Konte boshqaruvidagi Keksa sinora Italiyada gegemonga aylanib oldi. Ehtimol, CHelsi bilan ham shunday bo'lar?!

Isroil RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика