"Manchester Yunayted" Upamekanoni kelasi yozgacha 38 mln funtga xarid qilmoqchi
28 okt 2020 12:26
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Upamekanoni kelasi yozgacha 38 mln funtga xarid qilmoqchi
"Manchester Yunayted" kelasi yozda "RB Leypcig" himoyachisi Dayo Upamekanoni xarid qilishga urinib ko'radi.
Upamekano 31 iyulda "Leypcig" bilan tuzgan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi. SHartnomada o'yinchini 38 mln funtga xarid qilish bo'yicha band bor.
Ammo, bu band 2021 yilning yozi yakunlanganiga qadar amal qiladi. MYU bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi va 22 yoshli franciyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Upamekakno o'tgan mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Joriy mavsum esa 7ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar