"Manchester Yunayted" sardori o'zgarishi mumkin
29 avg 2022 20:58
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag so'nggi ikki o'yinda jamoani boshlab tushgan Brunu Fernandeshni maqtadi.
Portugaliyalik yarim himoyachi "Liverpul" va "Sautgempton"ga qarshi o'yinlarda klub sardori sifatida harakat qildi.
Ten Xagning takidlashicha, Brununing sardor etib tayinlanishi jamoa o'yinini jonlantirgan.
Eslatib o'tamiz, mankunianliklarning asosiy sardori himoyachi Xarri Maguayr sanaladi, ingliz futbolchisi so'nggi ikki o'yinni jarohati sababli o'tkazib yubordi. Uning sardorligidagi dastlabki ikki o'yinda "Manchester Yunayted" imkoniyatni boy berdi.
Biroq Ten Xag Fernandeshning doimiy ravishda sardorga aylanishi haqida gapirmagan.
Fikrlar