"Manchester Yunayted" Mourinyuga "Portu"da ishlashga ruxsat bermagan
19 apr 2020 07:01
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Mourinyuga "Portu"da ishlashga ruxsat bermagan
"Portu" prezidenti Jorje Nunu Pintu da Koshta Joze Mourinyu 2015-2016 yilgi mavsumning oxirrog'ida Portugaliya klubiga qaytishi mumkin bo'lganini aytdi.
"Biz mavsum o'rtasida murabbiysiz qoldik. Men "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi bor Mourinyuning oldiga bordim (Joze MYUdagi ishini yangi mavsumdan boshlashi kerak edi). Lekin, u keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rishga hozirlanayotgandi. Undan mavsum oxirigacha biz bilan ishlab tura olasanmi deb so'radim. Bu imkonsiz ekan. Lekin, Joze sabab emas, u rozi bo'ldi. "Manchester Yunayted" bunga yo'l qo'ymadi. Ular biz bilan evrokuboklarda to'qnash kelib qolish ehtimoli sabab Mourinyuga ruxsat berishmagan", - dedi da Koshta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar