"Manchester Yunayted" Kavani bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
10 may 2021, 22:13
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati hujumchi Edinson Kavani bilan shartnoma 2022 yilning iyuniga qadar uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher hujumchi bilan shartnomaning uzaytirilganligi haqida shunday dedi: "Edinson jamoaga qo'shilganida futbolchilarga u bizga qo'shimcha kuch, yetakchilik berishini aytgandim. O'shanda xato qilmaganman. U qo'lidan kelganini ortig'i bilan bajarmoqda.

Murabbiylar shtabi uning goleadorlik hususiyatidan foydalanishni yaxshi bilib turgandi. Unda g'oliblik mentaliteti bor va o'z ishiga sidqidildan yondashadi. Uning MYUda qolishini va muxlislarimiz qarshisida o'ynashini istayman. Umid qilamanki, unga bu nasib qiladi", - dedi Sulsher.

Urugvaylik forvard ushbu mavsumda APLning 23 o'yinida qatnashib, 9 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd