"Manchester Yunayted" eronlik hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2023, 21:35
Bu haqda futbolchining agenti shama qildi.

"Portu" hujumchisi Mehdi Tarimining agenti Borna Horamdel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mijozining yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligiga ishora qildi.

U "Old Trafford"ga kiraverishda "Yunayted" emblemasi tushirilgan suratni joylashtirdi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli eronlik futbolchi o'tgan mavsum "Portu" safida 29 ta gol urdi. 

Qayd etilishicha, hujumchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif