"Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadi ma'lum: "Yuventus" futbolchisi nishonga olindi

16 dek 2020, 23:27
"Shaharliklar" rahbariyati jamoaning mudofaa chizig'ini kuchaytirishni istaydi.

"Manchester Siti" yanvar oyida "Yuventus"ning tajribali himoyachisi Leonardo Bonuchchini xarid qilmoqchi. Italiyalik futbolchi ingliz klubining asosiy transfer maqsadiga aylangan. Leonardoning transferiga "Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi qiziqish bildirgan.

Takidlanishicha, "Yuve" Bonuchchi bilan xayrlashmoqchi emas. Shu tufayli klublarning murosaga kelishi qiyin bo'ladi.

A Seriyaning 2020/2021 yilgi mavsumida 8 ta o'yin o'tkazgan 33 yoshli himoyachi 2 bor raqiblar darvozasiga yo'l topgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: football24