"Manchester Siti" Sterling uchun 30 mln. funt taklif qiladi
Aslanov Jasurbek
6 iyun 2015, 13:45
"Manchester Siti" "Liverpul" yarim himoyachisi Rahim Sterling uchun qizillarga 30 mln. funtlik rasmiy taklif yubormoqchi.
Angliya vice-chempionlari 20 yoshli futbolchi uchun 25 mln. funt va bonus sifatida yana 5 mln. funt berishga tayyor. Ma'lumotlarga ko'ra, "Siti" Sterling uchun kurashda asosiy da'vogar.