“Manchester Siti” himoyachisi Germaniya klubiga ijaraga berildi
31 jan 2020 23:15
Yangiliklar


“Manchester Siti” himoyachisi Germaniya klubiga ijaraga berildi
Anxelino nomi bilan mashhur bo'lgan “Manchester Siti” himoyachisi Xose Tasende ijara asosida “RB Leypcig” klubida to'p tepadi.
Kelishuv mavsum so'nggiga qadar amalda bo'ladi, deya xabar bermoqda “shaharliklar” matbuot xizmati.
Anxelino “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini futbolchi ijara asosida “Nyu-York Siti”, “Jirone”, “Malorka” jamoalarida o'tkazgan. Ispaniyalik futbolchi 2018/19 yilgi mavsumda PSVda to'p tepdi. 2019 yilning yozida “shaharliklar” Eyndxoven klubiga 12 million evro to'lab, futbolchini o'z ixtiyorlariga qaytarishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar