"Manchester Siti" Gyundoganni yo'qotishi mumkin
16 avg 2021 17:00
Yangiliklar
"Manchester Siti" Gyundoganni yo'qotishi mumkin
"Manchester Siti"ning asosiy o'yinchilaridan biri Ilkay Gyundogan APL dastlabki tur doirasidagi "Tottenxem" (0:1)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Nemis yarim himoyachisi elkasidan jarohat oldi. Xavbek bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng uning jarohat darajasi malum bo'ladi.
Ilkay o'tgan mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Uning "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar