"Manchester Siti" futbolchisi "Volfsburg"ga o'tdi
04 avg 2019 10:41
Yangiliklar


"Manchester Siti" futbolchisi "Volfsburg"ga o'tdi
Germaniya yoshlar termasi hujumchisi Lukas Nmecha ijara asosida "Volfsburg"ga o'tdi.
Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi. U jamoa tarkibida 22-raqamda o'ynaydi.
20 yoshli Nmecha o'tgan mavsumda "Manchester Siti" tomonidan "Preston"ga ijaraga berilgandi. Ushbu klub tarkibida u CHempionshipning 41 o'yinida 3 gol urib, 8 golga assistentlik qilgandi.
"Volfsburg" esa o'tgan mavsumni 6-o'rinda yakunladi. Ular Bundesliganing yangi mavsumi ilk turida "Kyoln"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar