Manba: Qatar FIFA rasmiylarini kuzatuv ostiga olish uchun yarim milliard evrodan ortiq pul sarflagan
03 noy 2022 12:13
Yangiliklar
Manba: Qatar FIFA rasmiylarini kuzatuv ostiga olish uchun yarim milliard evrodan ortiq pul sarflagan
Arab davlati hukumati 2022 yilgi Jahon chempionatini o'tkazish huquqidan mahrum bo'lishdan cho'chigan.
Qatar hukumati FIFA rasmiylarini kuzatib borish uchun katta mablag' sarfladi. SRF malumotlariga ko'ra, summa 391 milliondan 537 million evrogacha bo'lgan. Jarayonga hatto Qatar amiri Tamim bin Hamad at Tani bosh-qosh bo'lgani aytilmoqda.
Qatarliklar josuslik uchun Amerikaning "Global Risk Advisors" kompaniyasini yollagan, bu kompaniyada AQSHning sobiq razvedka xizmati xodimlari ishlaydi va unga Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq razvedkachisi rahbarlik qiladi. Qatar 2022 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqidan mahrum bo'lishdan cho'chidi. G'arbda bu davlat FIFA rasmiylariga pora berishda ham, inson huquqlarini buzishda va LGBT vakillarining erkinligiga tajovuz qilishda ayblangan.
Fikrlar