"Man Siti" "Barsa"ning jiddiy qiziqishga qaramasdan, qishda Sterlingni qo'yib yubormoqchi emas
25 noy 2021 23:01
Yangiliklar
"Man Siti" "Barsa"ning jiddiy qiziqishga qaramasdan, qishda Sterlingni qo'yib yubormoqchi emas
"Manchester Siti" klubi Raxim Sterling bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
The Telegrapg bergan malumotlarga qaraganda, klub futbolchi bilan yangi bitim borasidagi muzokaralarni tezlashtirgan. Qishda futbolchi klubdan ketmaydi. "Siti" mavjud bo'lgan barcha takliflarni rad etadi. Bunga sabab bo'lgan faktorlardan biri jamoa futbolchisi Riyad Maxrezning Jazoir tarkibida Afrika millatlar kubogida ishtirok etishidir.
Avvalroq, "Siti" va Raxim Sterling o'zaro muzokaralarni vaqtinchalik to'xtatishgani malum bo'lgandi. Bunga futbolchi uchun asosiy tarkibda joy kafolatlanmagani sabab bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Sterningning xizmatlariga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Jamoa yangi bosh murabbiyi Xavi "Siti" hujumchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi edi.
Fikrlar