Maguayr tanqidlarni qanday qabul qilishi haqida gapirdi
01 iyu 2022 08:10
Yangiliklar
Maguayr tanqidlarni qanday qabul qilishi haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi himoyachisi Garri Maguayr o'zi tomon bo'ladigan tanqidlarni qay darajada qabul qilishi haqida gapirdi.
"Menga tashlanib, bundan ham yaxshiroq o'ynay olishim mumkinligi haqida gapiradigan odamlarni to'g'ri qabul qila oladigan darajada yoshim katta. Lekin barcha narsaning chegarasi bor, hammamiz insonmiz, mening ham oilam bor.
Odamlar bu menga tasir qilish yoki qilmasligi haqida so'rashadi. Mening xarakterim shunday: bu qattiq tasir qilmaydi. Lekin portlatish haqidagi tahdidlar bo'lganida, gap oila haqida ketayotgan bo'ladi. Hali farzandlarim bunday narsalarni o'qiy olmasliklari, bu haqidagi yangiliklarni ko'ra olmasliklaridan xursandman.
Biroz shokka tushdim. Ingliz muxlislari bilan munosabatlar doim yaxshi bo'lgandi.
Agar bunday holat faoliyatimning ertaroq qismida bo'lganida, bu men uchun oson o'tmasdi", - dedi Maguayr.
Fikrlar