CSKA Fayzullaev uchun to'liq to'lovni kutmoqda
05 avg 2025 11:45
Yangiliklar
CSKA Fayzullaev uchun to'liq to'lovni kutmoqda
CSKA kommunikaciyalar direktori Kirill Breydo yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning transfer to'lovi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Iyul oyi oxirida O'zbekiston terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi Moskva klubidan "Istanbul Bashakshehir" klubiga ko'chib o'tgani malum bo'ldi. Turkiya matbuoti xabariga ko'ra, kelishuv 7 million evroga teng bo'lgan.
"Abbosning misolida biz uchun mutlaq moliyaviy kafolatlar nihoyatda muhim... Yaqin kelajakda "Istanbul Bashakshehir" transfer uchun CSKAga to'liq summani to'lashi kerak", – dedi Breydo.
Fayzullaev "qizil-ko'klar" safida 2023 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. CSKA tarkibida u RPLning bronza medali sohibiga aylandi, shuningdek, Rossiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.
Avvlroq Fayzullaev Konferenciyalar Ligasi uchrashuvini o'tkazib yuborishi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar