"Real" sobiq hujumchisi Gretsiya jamoasiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025
Hujumchi Luka Yovich rasman SSKA sobiq bosh murabbiyi Marko Nikolich boshchiligidagi Afinaning AEK jamoasiga qo'shildi.

26 yoshli hujumchining "Milan"dan transferi Gretsiya klubi rasmiy sayti tomonidan tasdiqlandi.

"Luka, AEK oilasiga xush kelibsan! Senga mustahkam sog'liq va jamoamiz tarkibida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deyiladi Gretsiya klubi bayonotida.

Yovich "Milan"ga 2023 yilda kelib qo'shilgan va jamoa tarkibida 47 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan. 2024/25 yilgi mavsumda A Seriya va Italiya Kubogida 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritgan.

Serbiyalik forvard faoliyati mobaynida "Crvena Zvezda", "Benfika", "Ayntraxt F", "Real" va "Fiorentina" jamoalari sharafini himoya qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: aekfc.gr