"Real" prezidenti: "Bu yerda hech kim taslim bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026
"Real" prezidenti Florentino Peres klubning futbol tarixidagi ahamiyati haqida gapirdi.

"Siz bu yerda hech kim taslim bo'lmasligini juda yaxshi bilasiz. Biz sport tarixidagi "Real" ega bo'lgan eng boy unvonlar ro'yxatini to'ldirishga harakat qilish uchun yildan-yilga, so'nggi daqiqagacha kurashishda davom etamiz", – dedi Peres.

Alvaro Arbeloa jamoasi hozirda La Liga turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan 9 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Managing Madrid