Neymar futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi kimligini aytdi
05 avg 13:38
Yangiliklar


Neymar futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi kimligini aytdi
"Santos"ning braziliyalik hujumchisi Neymar jurnalistlar bilan suhbatda futbol tarixida ko'rgan eng yaxshi yarim himoyachisi kimligini ajratib ko'rsatdi.
Neymar "GiveMeSport" nashriga u ko'rgan eng yaxshi yarim himoyachi "Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andres Inesta ekanligini aytdi. Braziliyalik futbolchi Inesta shunchaki aql bovar qilmas mahoratga ega ekanligini takidladi.
"U aql bovar qilmas futbolchi va hatto "Oltin to'p"ga ham muhtoj bo'lmagan afsona. Andres hammadan farq qiladi. Unda o'ziga xos nafislik va g'oyat yuksak darajadagi mahorat mavjud edi", – deya qo'shimcha qildi Neymar.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilning oktyabr oyida Andres Inesta futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Ispaniyalik futbolchining so'nggi klubi BAAning "Emireyts" jamoasi bo'lgan. Yarim himoyachi faoliyatining ko'p qismini "Barselona" tarkibida o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar