Madridning “Real” klubi jarohatlar tufayli asosiy tarkibning ikki futbolchisini yo'qotdi
09 jan 2023 21:49
Yangiliklar
Madridning “Real” klubi jarohatlar tufayli asosiy tarkibning ikki futbolchisini yo'qotdi
Ispaniya La Ligasining 16-turidan o'rin olgan (1:2) o'yindan so'ng "Real"ning ikki nafar futbolchisi jarohat olgani malum bo'ldi.
Madrid klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, tibbiy ko'riklardan so'ng himoyachi David Alaba va yarim himoyachi Orelen Tchuamenida jarohatlar aniqlangan.
Har ikki futbolchining oyog'ida jarohat borligi aniqlangan. Ularning qachon safga qaytishi malum emas. Futbolchilar chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tishi kutilmoqda, shundan so'ng ularning tiklanish muddati malum bo'ladi.
Alaba "Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyatda 90 daqiqani maydonda o'tkazdi, Tchuameni esa 64-daqiqada almashtirildi.
"Qaymoqranglilar" 38 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. 16-turda “Atletiko”ni mag'lub etgan (1:0) “Barselona” La Ligada peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar