Lyakazett "Atletiko", "Sevilya" va "Roma" qiziqishlari doirasida. Bir yildan keyin forvard "Arsenal"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin
27 mar 2021 11:04
Yangiliklar
Lyakazett "Atletiko", "Sevilya" va "Roma" qiziqishlari doirasida. Bir yildan keyin forvard "Arsenal"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett mavsum oxirida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
29 yoshli francuz bilan bog'liq vaziyatni "Atletiko", "Sevilya" va "Roma" klublari sinchkovlik bilan kuzatmoqda, deb xabar beradi ESPN.
Lyakazettning London klubi bilan shartnoma muddati 2022 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan, ammo "Arsenal" forvardga hamon yangi shartnoma taklif qilganicha yo'q. Avvalroq "kanonir"lar ustozi Mikel Arteta tajribali futbolchini jamoasida saqlab qolishni istashini aytib o'tgandi.
APL bu yilgi mavsumining 25 uchrashuvida ishtirok etgan Lyakazett 11 ta gol urdi va 2 bor sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar