Luka Toni Iguainni Suarezdan ustun qo'ydi
17 may 2016 23:00
Yangiliklar


Luka Toni Iguainni Suarezdan ustun qo'ydi
Faoliyatini yakunlagan italiyalik mashhur hujumchi Luka Toni Gonsalo Iguain xususida gapirib o'tdi.
"Iguain fantastik ishlarni amalga oshirdi. Gonsalo barcha o'yinlarda ishtirok etmaganiga qaramasdan, bir mavsumda A Seriyada 36ta gol kiritdi. Iguain boshqa sayyoradan kelgan. Menimcha, Iguain Suarezdan kuchli hujumchi. Zlatan "Napoli"ga keladi? Bu qiyin. CHunki Iguain o'zini juda yaxshi taraflama ko'rsatdi va endi ular birgalikda hujum chizig'ida o'ynay olmasalar kerak", - deydi Luka Toni.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar