"Real" transfer maqsadlarining biridan voz kechdi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2025, 19:50
Madridning "Real" klubi yangi hujumchi sotib olmoqchi emas.

Murabbiylar shtabi "yangi Xoselu" – asosiy tarkibdan joy talab qilmaydigan samarali zaxira hujumchisini olib kelishni ko'rib chiqayotgandi. "Diario AS" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati 21 yoshli Gonsalo Garsiya bu vazifani a'lo darajada bajara olishiga ishonadi, shu bois transferni yoqlamaydi.

Garsiya Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Xabi Alonso qo'l ostidagi jamoa tarkibida 3 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi o'tgan mavsum asosan "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya"da o'ynadi va u yerda fenomenal natijalar ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS