Loris: "Maydon markazidan urilgan gol uchun barcha javobgarlikni bo'ynimga olaman"

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2017, 15:29
Fransiya terma jamoasi posboni Ugo Loris Shveyciyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida (1:2) yo'l qo'ygan xatosi uchun javobgarlikni o'z bo'yniga oldi.

Hal qiluvchi gol darvozabon xatosi tufayli kiritildi.

"Uchrashuv durangga qarab ketayotgan edi, biroq so'nggi soniyalarda taqdirni hal qiluvchi vaziyat sodir bo'ldi. Javobgarlikni bo'ynimga olaman. Kiyinish xonasida hamma xafa edi, u yerda jimlik hukm surardi. Bu taqdirning og'ir zarbasi, biroq ochiq aytadigan bo'lsam, so'nggi soniyalarda gol o'tkazishdan oldin vaziyatni o'nglashimiz mumkin edi" - deydi Loris.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: LExpress