Loris Karius “Beshiktosh” ustidan FIFAga arz qildi
22 apr 2020 07:53
Yangiliklar
Qayd etilishicha, germaniyalik posbon Loris Karius FIFA tashkilotiga ayni damdagi klubi “Beshiktosh” ustidan arz qilgan. Futbolchi klubdan maoshini ololmayotgani sabab tashkilotga murojaat qilgan va oyligini undirib berishlarini so'ragan. SHuningdek, u klub bilan ijara shartnomasini bekor qilishni ham talab qilgan.
Malumot uchun, Kariusning transfer huquqi “Liverpul”ga tegishli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar