So’nggi yangiliklar

06:10"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 1:0 (Матнли трансляция)  1 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  127 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0

“Lokomotiv” PFK bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramovning bayram tabrigi Yangiliklar

“Lokomotiv” PFK bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramovning bayram tabrigi

Qadrli futbol muxlislari, “Lokomotiv” futbol klubining aziz ishqibozlari!

Mana siz-u bizga juda ko'plab quvonchli onlar, ajoyib g'alabalar va zavqli lahzalar taqdim etgan 2016 yil ham sekin-asta nihoyalab, o'z o'rnini yangi – 2017 yilga bo'shatib berishga hozirlanmoqda. Ortda qolayotgan mazkur yil siz bilan bizning xotiramizda eng omadli davrlardan biri sifatida muxrlanib qolishiga shubxam yo'q!

Zero 2016 yilda “Lokomotiv” futbol klubi o'z oldiga qo'ygan deyarli barcha vazifani alo darajada uddalay oldi. Jamoamiz o'z tarixida ilk bor (uzoq kutilgan) O'zbekiston chempioni degan unvonga ega chiqdi. Qolaversa, “Lokomotiv” O'zbekiston kubogida ham zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Osiyo CHempionlar Ligasida esa jamoamiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli tarzda chiqib, chorak finalga qadar etib borishni uddaladi. Bir mavsumda 2 ta sovrin qo'lga kiritilganini yaxshi natija deya baholash mumkin, nazarimda.

Lekin siz – aziz ishqibozlarimiz jamoamizdan faqat va faqat g'alabalar kutishingizni juda yaxshi bilamiz. SHu boisdan yangi kelayotgan 2017 yilda ham jamoamiz ishqibozlarini ulkan yutuq va zafarlar bilan xushnud etishni maqsad qilyapmiz.

Jamoamiz sekin-astalik bilan o'z infratuzilmasini yaxshilab bormoqda. Yildan-yilga natijalarimiz ham yanada yaxshiroq ko'rinish olmoqda. Bu tempni keyingi yillarda ham saqlab qolishga va “Lokomotiv” brendining yanada ommalashishiga harakat qilamiz. Umid qilamanki, 2017 yilda yanada ulkan zafarlar siz-u bizga yor bo'ladi!

SHu o'rinda butun O'zbekiston xalqini, futbolimiz jamoatchiligi vakillari va ko'p sonli “Millionlar o'yini”ning ashaddiy ishqibozlarini Yangi Yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman va barchangizga yangi yilda sihat-salomatlik, baxt-omad va oilangizga qut-baraka tilayman!..


To'labek Akramov
“Lokomotiv” PFK bosh direktor o'rinbosari


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика