“Lokomotiv” ilk xorij yig'inini qizg'in davom ettirmoqda (FOTO)

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2018, 16:09
O'zbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi ayni damda BAAning Dubay shahrida mavsumoldi ilk xorij yig'inini o'tkazmoqda.

“Temiryo'lchilar” Jebel Ali sport majmuasida shug'ullanishmoqda. Jismoniy holatni tiklash mashqlari esa sohil bo'yida o'tkazilmoqda. Murabbiylar shtabi asosan futbolchilarning jismoniy jihatdan yaxshi formaga kirib olishlari borasida ish olib borishmoqda. Mashg'ulotlarda barcha astoydil ter to'kmoqda va yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.

Quyida “Lokomotiv”ning navbatdagi mashg'ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz